12:30 / 16.11.2020
2052
TOBB ETÜ Tashkent – fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasi

Prezidentimizning joriy yil fevral oyida Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va shu asosda Toshkent shahrida Turkiya Iqtisodiyot va texnologiya universiteti filialini tashkil etish munosabati bilan joriy yil 4-7 mart kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiya Iqtisodiyot va texnologiya universitetiga tashrif buyurib, Toshkent shahridagi filialini ochish yuzasidan universitet bilan hamkorlikda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbollariga muvofiq tadbirkorlik, iqtisodiyot, moliya, korporativ huquq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, psixologiya sohalarida xalqaro standartlar darajasida, jumladan, dual ta'lim texnologiyalarini qo‘llagan holda, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlash vazifalari belgilanib olingan edi.

Joriy yilning 29 avgust kuni Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shaxridagi filialiga (TOBB ETÜ Tashkent) kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Universitet filiali poytaxtda joylashgan bo‘lib, dual ta'lim tizimiga asoslangan va 2020/2021 o‘quv yilidan bakalavriatning “Elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish” va “Xalqaro biznes va tadbirkorlik” ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi talabalarni qabul qildi.

Turkiya  Iqtisodiyot va texnologiya universitetining boshqa universitetlardan farqi nimada?

2002 yilda Turkiya Savdo palatasi va tovar birja ittifoqi qoshida Iqtisodiyot va texnologiyalar – TOBB ETÜ universiteti tashkil etildi. Universitet o‘z faoliyatini 2004 yilda boshlagan, bugungi kunda kuchli pedagog kadrlarga ega bo‘lgan, o‘ziga xos va universal bilim beradi, tadbirkorlik sohasida kadrlar tayyorlaydi.

TOBB ETÜ nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boradigan, jamiyatning tadqiqot faoliyatidagi ehtiyojlariga e'tibor qaratadigan mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan va tadbirkorlik uchun zarur bo‘lgan malakali tadbirkorlar sinfini shakllantiradigan universitetga aylanish maqsadida yaratilgan. O‘qitishning dual ta'lim tizimi tufayli talaba nafaqat oliy ma'lumot to‘g‘risida diplom oladi, balki korxonada uzoq muddatli stajirovka o‘taydi.

O‘qishni tugatgandan so‘ng talabalar xalqaro mehnat bozori talablarb asosida javob bera oladigan yuqori malakali kadrlar bo‘lib yetadi, chunki Filial talabalari nafaqat milliy kompaniyalarda, balki chet ellarda ham malaka oshirishga imkoniyatiga ega. TOBB ETÜ Tashkent filialida joriy etilgan dual ta'lim tizimi – bu ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari talablariga javob beradigan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlash orqali O‘zbekiston mintaqalarining investitsiya jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirish vositalaridan biridir.

Shuni ham ta'kidlashni istardikki, TOBB ETÜ uch semestrlik ta'lim tizimiga ega. Shu ma'noda ham TOBB ETÜ Turkiya oliy ta'lim tizimida alohida o‘ringa ega. TOBB ETÜ da talabalar Turkiya, AQSh, Rossiya va boshqa mamlakatlarning 3000 dan ortiq kompaniya va muassasalarida ish tajribasiga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

Ayni paytda TOBB ETÜ Ankarada 9 fakultet, 19 kafedra, 2 ta institut (Tabiiy va amaliy fanlar instituti va ijtimoiy fanlar instituti), texnologiya markazi va shifoxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

2013 yilda oliygohda ta'lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot sohasida xizmat ko‘rsatish uchun texnologiya markazi ochildi. Markazda 6 muhandislik fanlari, 117 ta laboratoriya, shuningdek, Yevropaning 3ta yirik biomexanik laboratoriyasi, dunyodagi eng yirik gidro turbinali sinov dizayn markazi mavjud.

Xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education) reytinglarining 2000 yildan keyin tashkil etilgan dunyoning eng yaxshi universitetlari orasida (“Millenium Universities” reytingida) 32-o‘rinni egalladi.

Universitetning asosiy vazifalaridan biri xalqaro tajribadan foydalangan holda fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyalashuvini ta'minlash asosida yuqori malakali, kreativ fikrlaydigan va tadbirkorlik ko‘nikmalariga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari orqali ish beruvchilarning ehtiyojlariga mos ravishda kadrlar tayyorlashdan iborat.

Ma'lumot uchun

Universitet faoliyatining o‘ziga xosligi o‘quv rejalarining DUAL ta'limga asoslangan uch semestrlik o‘quv jarayoni hisoblanib, ta'lim oluvchilarga 2 semestr davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda 3-semestrda amaliy ko‘nikmalar shakllanishi muvozanatlashtirilgan. Universitetning ushbu xususiyati uning Turkiyaning  ta'lim tizimida alohida o‘rin tutishini ta'minlagan. Talabalar o‘qish davomida Turkiya va O‘zbekiston mashhur kompaniyalarida amaliyot o‘tash, shuningdek, Turkiyadagi taniqli tadbirkorlarning faoliyati bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, iqtidorli talabalar uchun TOBB ETÜ Tashkent filialida Turkiya Savdo palatalari va birjalar ittifoqi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan beriladigan bir qator imtiyoz va afzalliklarni ta'kidlash joiz.

Universitetda o‘qitish kredit-modul tizimi asosida, kunduzgi ta'lim shaklida, ingliz tilida amalga oshiriladi. O‘quv rejalar va dasturlar TOBB ETÜ Ankara universiteti dasturlariga asoslangan. O‘qish muddati 4 yildan iborat va ushbu jarayonga yuqori malakali xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb qilgan holda individual ta'lim trayektoriyasiga asoslangan.O‘quv dasturining yana bir qo‘shimcha xususiyati shundaki, akademik yil uch semestrdan iborat – kuz, bahor va yozgi semestrlar. Shu bilan birga talabalar qo‘shimcha xorijiy tillarni ( nemis, fransuz,ispan, yapon,xitoy) o‘rganish imkoniyatiga ega.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, TOBB ETÜ Tashkent filialining talabalari Savdo-sanoat palatasi faoliyatida ishtirok etishning noyob imkoniyati mavjud bo‘lib, ular tadbirkorlarning tashabbuslarini amalga oshirishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari bilan tanishadilar, joylarda biznes hamjamiyati, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini rivojlantirish jarayonlarida bevosita ishtirokchilar sifatida bo‘lishadi va amaliy tajriba orttirishadi.

Telefon: +998 78 150-60-08

Batafsil ma'lumot uchun:

Sayt: etu.edu.tr  

Telegram: t.me/tobb_etu_tashkent

Instagram: @tobbtashkent_life

Reklama huquqi asosida

Top