08:36 / 16.11.2020
5977
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi budjet tashkilotlariga ustamalar oshirildi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari  mehnatiga  haq  to‘lash  va  ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Norma’ning yozishicha, UKX tizimi budjet tashkilotlarida (UKX vazirligi markaziy apparati, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari) quyidagilar oshiriladi:
 
a) alohida tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarga. Ilgari ularning eng yuqori miqdori lavozim maoshining 50 foizini tashkil etgan. Endi bu UKX vaziri tomonidan tasdiqlanadigan faoliyatni baholashning tarmoq reyting natijalariga bog‘liq:

  • 70 balldan 80 ballgacha to‘plaganlarga – 50 foiz;
  • 80 balldan 90 ballgacha to‘plaganlarga – 100 foiz;
  • 90 balldan 100 ballgacha to‘plaganlarga – 200 foiz;

b) yo‘lkira va ovqatlanish uchun har oylik kompensatsiya – BHMning 1 baravaridan BHMning 3 baravarigacha.
 
Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspektorlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi (undirilgan jarimalar summasining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan) endi teng darajada quyidagilarning xodimlariga qo‘llaniladi:

  • ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
  • ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi.

Hujjat 9.11.2020 yildan kuchga kirdi. 

Top