14:34 / 16.11.2020
2196
Uzbekistan Airways Dubayga parvozlar sonini oshirmoqda
Foto: KUN.UZ

Uzbekistan Airways Dubayga parvozlar sonini oshirmoqda. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytilgan.

2020 yil 1 dekabrdan boshlab Dubayga qatnovlar haftasiga 5 marotaba amalga oshiriladi: dushanba, chorshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari.

Parvozlar jadvali:

Toshkent-Dubay-Toshkent 
uchish/kelish vaqti - 08:25/11:00 
uchish/kelish vaqti (teskari reys) 12:25/16:35

Mazkur qatnovlarga aviachiptalarni aviakompaniya saytidan, shuningdek, Uzbekistan Airways'ning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki O‘zbekistondagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin.

Top