22:50 / 17.11.2020
5427
Armanistonda yana bir vazir iste'foga chiqdi

Avvalroq Armaniston tashqi ishlar vaziri Zograb Mnatsakanyan iste'foga chiqqanini ma'lum qilgandi.

Armaniston favqulodda vaziyatlar vaziri Feliks Tsolakyan iste'foga chiqdi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Anna Bagdasaryan ma'lum qildi.

"Feliks Tsolakyan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozdi", - deb xabar berdi Bagdasaryan.

Tsolakyan 2018 yil oktyabrida mamlakat FVV rahbari etib tayinlangandi.

Avvalroq Armaniston tashqi ishlar vaziri Zograb Mnatsakanyan iste'foga chiqqanini ma'lum qilgandi.

Top