11:00 / 17.11.2020
1973
FDG: «Aviapark BM – investitsiyalash uchun eng yaxshi obektlarning biri bo‘lishi mo‘ljallanmoqda»

FDG kompaniyasi Toshkentda qaysi tijorat ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish afzal ekanligini va bu sohada talab qanday bo‘lishini gapirib berdi.

Tijorat ko‘chmas mulki yuqori talabga ega bo‘lishining sababi nimada?

Xalqaro konsalting kompaniyalarining ekspertlari va ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassislar, Toshkent, mamlakat bo‘yicha ish olib borish doirasida yetakchi o‘rinni egallagan holda, investitsiyalar markazi ekanligi borasida bir xil fikrga ega. Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari bo‘yicha joriy yil birinchi yarmi mobaynida poytaxtda 7008 kichik korxona va mikrofirma (umumiy ko‘rsatkichdan 15,1%) tashkil etilgan. Bundan tashqari, startaplarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi yangi tadbirkorlik shakllanishini ta'minlamoqda.

Ijarachilarning navbatdagi qatlami – xalqaro kompaniyalarning vakolatxonalari. O‘zbekiston siyosati xorijiy investorlarni jalb qilishga qaratilgan bo‘lib, natijada bu ofis binolariga bo‘lgan talabni oshiradi. O‘z navbatida hududlardagi biznes ham, geografiya kengaytirilganda, Toshkent bozoriga chiqadi.

Shu sababli, bu allaqachon Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Ukraina va AQShda bo‘lgani kabi tijorat ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish tobora daromadli va ishonchli kapital sarflanishiga aylanmoqda.

Zamonaviy ijarachilar nima qidirmoqda?

Bugungi kunda tadbirkorlar ish hududiga yuqori talablar qo‘ymoqdalar. Ular jahon standartlariga javob beruvchi ko‘chmas mulkni qidiradilar, sababi ofis – bu kompaniya qiyofasi va ish hamkorlari hamda mijozlar bilan uchrashish joyi. Ijarachilar eskirib qolgan kommunikatsiyalar va noqulay rejalashtirilgan eski binolarning kamchiliklariga rozi bo‘lmaydilar.

Aviapark yangi biznes-markazi quyidagi sabablarga ko‘ra investitsiyalash uchun eng yaxshi obektlarning biriga aylanishi kutilmoqda.

Qulay joylashganligi

Aviapark BM’ning ro‘parasida “Mashinasozlar” metro bekati joylashgan. Bundan tashqari, yaqin masofada “Ashxobod” parki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” markaziy shifoxonasi, ishlab chiqarish korpuslari bloki singari asosiy lokatsiyalar joylashgan. Amir Temur xiyobonidan atigi 3 metr masofada joylashganligi va yo‘lga qo‘yilgan transport infratuzilmasi xodimlarning va ish hamkorlarining tez va qulaylik bilan BM’gacha yetib kelishlarini ta'minlaydi.

Toshkentda yuqori darajali biznes-markazlari yetishmovchiligi

Bozor tahlili shuni ko‘rsatadiki, Toshkentda sifatli tijorat ko‘chmas mulkning tanqisligi kuzatilmoqda. Bozorda, “C” klassdagi xonalar – sovet davrining binolaridagi ofislar keng ko‘lamda taqdim etilgan. Shunga qaramay, ijarachilar, qulay joylashgan, zamonaviy jihozlangan, zamonaviy interer va sifatli ta'mirlash ishlari qilingan, kamida “B” klassdagi biznes-markazlarni qidirmoqda. Bunday ko‘chmas mulkning o‘rtacha qiymati bir kv.m. uchun 12-20 dollarni tashkil qiladi, binoni (korobka) xarid qilish esa taxminan 1500 dollarga tushadi.

Puxta o‘ylab chiqilgan konsepsiya: barchasi insonlar uchun

Ushbu biznes-markazni qurishda FDG eski andazalardan chetlashib, ofis maydonlariga yangicha qarashga qaror qildi. Aviapark nafaqat ishni unumli olib borish, balki sohiblarining sifatli darajada dam olishlariga katta ahamiyat qaratmoqda. Loyihada fudkort, do‘konlar va fitnes-markaz xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. O‘zingizga vaqt ajratish imkoniyati professional jihatdan charchab qolish ehtimolligini pasaytiradi. Aviapark BMda imkoniyatlari cheklangan insonlar uchun ham to‘siqlarsiz muhit yaratilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, ijarachilar va mehmonlarning qulayliklari uchun biznes-markazda kovorking markazi, 4 ta yuqori tezlikdagi lift va 120 o‘ringa ega avtoturargoh ko‘zda tutilgan.

Aviapark’da taqdim etilgan ko‘chmas mulk barchaga to‘g‘ri keladi: yirik kompaniyalarga, o‘rtacha ijarachilarga, startapchilarga va xususiy tadbirkorlarga

Investitsiyalashni amalga oshirishda, tijorat ko‘chmas mulki talabiga ega bo‘lish-bo‘lmasligini anglab yetish juda muhim. FDG me'morlari turli ijarachilarning ehtiyojlarini inobatga oldilar. Dastlab bino, har bir qavatda keng oynalarga, puxta o‘ylab chiqilgan havo almashtirish tizimiga va alohida isitish qozonlariga ega keng “open space”ni tashkil etadi. Bu xodimlari ko‘p bo‘lgan kompaniya uchun mukammal variant. Agarda xaridor biznes-markazdagi ofislarni qismlarga ajratib topshirishga qaror qilsa, unda hududni to‘siqlar bilan ajratib qo‘yish juda oson. Havo almashtirish va vodoprovod tizimi shunday loyihalashtirilganki, qo‘shni firmalar bir-biriga aslo noqulaylik keltirmaydi.

Aviapark BM’ning afzalliklari haqida qanday qilib ko‘proq o‘rganish mumkin?

“First Development Group” kompaniyasining ofisida Aviapark BM’ning loyihasi bo‘yicha hujjatlarni, loyihalashtirishga oid yechimlarni ko‘rib chiqish, moslashuvchan to‘lov shartlari bilan tanishish hamda foydali takliflarga ega bo‘lish mumkin.

Aloqa uchun ma'lumotlarimiz:

Sayt: fdg.uz

Telegram: t.me/fdguz

Instagram: instagram.com/fdg_uz

Feysbuk: fb.com/firstdevelopmentgroup

Savdo bo‘limining telefoni: (+998) 93 555 50 01, (+998) 93 183 44 55

Manzil: Toshkent shahri Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi,180.

Reklama huquqi asosida

Top