09:26 / 17.11.2020
2079
Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 40,3 mingtani tashkil etdi.

Qo‘mita xabarida aytilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 mingtaga oshdi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari:

bino va inshootlar qurish – 23 ming 427ta;
fuqarolik obektlarini qurish – 3 ming 785ta;
ixtisoslashtirilgan qurilish – 13 ming 133ta.

Faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar:

  • Toshkent shahri – 7 697ta;
  • Toshkent viloyati – 3 506ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 3 270ta;
  • Farg‘ona viloyati – 3 174ta.
Top