17:00 / 17.11.2020
3680
«Shedroye Leto»: do‘kondan yangi avtomobilda!

27 oktyabr kuni «Shedroye Leto»dan «Sovg‘alar marafoni»da birinchi Lacetti avtomobili taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yutuqli o‘yin g‘olibi Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Mirzatub mahallasidan Umarov Fazliddin bo‘ldi.

Mana u o‘zining aksiyada ishtiroki va g‘alabasi haqida nima deydi:

«Assalomu alaykum qadrli vatandoshlar. Bugun oilam bilan birgalikda «Shedroye Leto» tomonidan o‘tkazilgan aksiyasi bo‘yicha avtomobil kalitlarini oldik. Biz bunga umid ham qilmagan edik, garchi ayolim tez-tez «Shedroye Leto»ni sotib oladi va undan turli xil pishiriqlar pishiradi.

Kompaniyaga katta rahmat, bu Allohning marhamati, ular bizga qo‘ng‘iroq qilib, biz avtomobil yutib olganimizni xabar qilishganda juda xursand bo‘ldik. Ilgari, kimdir g‘olib bo‘lganini ko‘rsak, biz ular uchun quvonardik, endi esa men o‘zim mashinani haydayman, bu bizning butun oilamizning orzusi edi. «Shedroye Leto» ishlab chiqarish kompaniyasiga katta rahmat, ularga va barchangizga sog‘liq tilayman».

«Shedroye Leto» Fazliddinni g‘alaba bilan tabriklaydi va unga oq yo‘l tilab qoladi! 

Ikkinchi avtomobilni yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Ehtimol u aynan sizni kutayotgandir?

Aksiya 27 dekabrga qadar davom etadi. Ishtirok etish uchun aksiyali mahsulotni xarid qilish, qadoq ichidagi kodni topish, uni istalgan tarzda, ya'ni schedroeleto.uz saytida yoki 3142 raqamiga SMS yuborish yoki @SchedroeLeto_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va navbatdagi sovrinlar o‘yinini kutish kerak!

Aksiya tugagunga qadar kodli qadoqni saqlab qo‘yish zarur, faqat shu holda g‘olib o‘z sovrinini olishi mumkin!

Aksiya qoidalari va boshqa sovrinlar haqida schedroeleto.uz saytida bilib olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top