08:01 / 17.11.2020
2528
Suaresda koronavirus aniqlandi. U «Barsa» bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

«Atletiko»ning urugvaylik hujumchisi Luis Suaresning koronavirusga topshirgan testi musbat natijani ko‘rsatdi, deya xabar beradi Urugvay futbol federatsiyasi.

Endi futbolchi qayta sinovdan o‘tishi kerak. Lekin u katta ehtimol bilan bo‘lajak o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Ma'lumot uchun, Urugvay 18 noyabr kuni JCh-2022 saralashi doirasida Braziliyani qabul qiladi. 21 noyabrda esa «Atletiko» Suaresning sobiq jamoasi «Barselona» bilan bahs yuritadi.

Ma'lumot uchun, 33 yoshli hujumchi bu mavsumda La Ligada 5ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Top