15:30 / 17.11.2020
2932
Afg‘onistonda politsiya postiga hujumi natijasida 10dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Bir necha kun ilgari Qunduz viloyatida toliblarning harbiy bazaga hujum qilishi oqibatida 14 nafar harbiy yaralandi, yana 12 nafari jarohatlangandi.

Foto: Anadolu Agency

Badaxshon viloyatida “Tolibon” jangarilarining politsiya postiga qurolli hujumi natijasida kamida 12 nafar politsiyachi halok bo‘ldi, 10 nafari jarohatlandi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, jangarilar hujumi seshanbaga o‘tar kechasi amalga oshirilgan. Toliblar hujum vaqtida ikkita tankni yoqib yuborishgan hamda to‘rt nafar politsiyachini asirga olishgan.

Bir necha kun ilgari Qunduz viloyatida toliblarning harbiy bazaga hujum qilishi oqibatida 14 nafar harbiy yaralandi, yana 12 nafari jarohatlangandi.

Afg‘oniston hukumat kuchlari noyabr boshlarida Qandahor viloyatida o‘tkazgan amaliyot davomida “Tolibon” harakatining 100dan ko‘proq jangarisini yo‘q qilgandi.

Top