08:30 / 18.11.2020
2809
Reklama

Alfraganus: cheksiz xaridlar va ko‘ngilochar muhitdan bahra oling

Alfraganus savdo mavzesi poytaxtning asosiy diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylanadi. Tadbirkorlar uchun esa shubhasiz ulkan imkoniyatlar markazi bo‘ladi.

Biznes va tadbirkorlik

Alfraganus savdo mavzesi – bu har qanday biznes faoliyati uchun kafolatlangan muvaffaqiyat. Mutaxassislar hisoblariga ko‘ra, poytaxtdagi mazkur o‘ziga xos ko‘cha formati sizning restoran, do‘koningiz yoki spa markazingizga haftasiga 210 minggacha mijozlarni jalb qilishi mumkin. Loyiha hududida 15 dan 1000 kvadrat metr maydongacha bo‘lgan joylar loyihalangan. Siz har qanday tadbirkorlik turi – kichik sovg‘alar do‘koni, dorixona yoki yirik gipermarket, katta avtosalon ochishingiz mumkin.

Xaridlar

So‘nggi urfdagi zamonaviy liboslar, kostyum, mo‘ynali kiyimlar yoki bolalar uchun buyumlar xaridi uchun Alfraganus'ga tashrif buyuring. Ommaviy do‘konlaridan tashqari, 118000 kvadrat metr maydonda premium tijorat zonasi tashkil etish loyihalangan bo‘lib, u yerda taniqli jahon brendlari, avtosalonlar shou-rumlari, shuningdek gipermarket va gastro butiklari bunyod etiladi.

Barcha uchun qiziqarli

Alfraganus savdo mavzesida ajoyib ko‘ngilochar va dam olish maskanlari mavjud bo‘ladi. Ochiq va yopiq o‘yin maydonchalari, kinoteatrlar, bouling zallari, kvest xonalari, skeyt uchish joylari, spa va go‘zallik salonlari har qanday yoshdagi va qiziqishdagi odamlarning faol dam olishlari uchun mo‘ljallangan.

Restoran va kafelar

Shuningdek, maskanning alohida hududida joylashgan turli restoran va kafelarning ko‘pligi har qanday kishining kayfiyatini ko‘taradigan bo‘lishi shubhasiz. Bunday muassasalarning katta tanlovi barchaga ma'qul keladi. Siz nomdor restoranda ish yuzasidan uchrashuvlarni tashkil qilishingiz yoki shinam qahvaxonaning terrasasida nonushta qilishingiz mumkin. Bu maskanda hamma uchun qulayliklar mavjud.

Alfraganus – bu tadbirkorlar uchun bir qator yangi imkoniyatlar yaratadi. Tashrif buyuruvchilarda esa unutilmas taassurotlar qoldiradi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Sayt: bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top