08:53 / 18.11.2020
15474

IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi 

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. 

Murod Raimov

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik Murod Raimov Toshkent shahar Yangihayot tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar M. Raimov Samarqand viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Umidjon Boyxonov

Podpolkovnik Umidjon Boyxonov Namangan viloyati Namangan shahri Davlatobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar U. Boyxonov Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-o‘zgalar mulkini talon-taroj qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Azim Muhiddinov

Kapitan Azim Muhiddinov Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A. Muhiddinov Navoiy viloyati Nurota tumani ichki ishlar bo‘limi 9-sonli Ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid
Top