23:14 / 18.11.2020
8424
Ilon Mask dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi

Ilon Maskning boyligi 110 mlrd dollarga yetdi va Tsukerbergning boyligidan 6 mlrd dollarga ko‘proqdir.

Foto: Getty Images

Tesla Inc. va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Mask ro‘yxatda Facebook asoschisi Mark Tsukerbergni ortda qoldirgan.

Ilon Maskning boyligi 110 mlrd dollarga yetdi va Tsukerbergning boyligidan 6 mlrd dollarga ko‘proqdir.

Dushanba kuni Tesla aksiyalari narxi 15 foizga oshgandi. Bunga Tesla kompaniyasi bir oydan so‘ng AQShning 500ta eng yirik kompaniyasi kiritilgan S&P 500 ro‘yxatidan o‘rin olishi to‘g‘risidagi xabar sabab bo‘ldi.

Ushbu xabar chop etilganidan so‘ng dastlabki bir soat ichida Tesla aksiyalari narxi 12 foizga yoki 40 mlrd dollarga oshdi.

Top