14:13 / 18.11.2020
4015

O‘zbekiston aholisining 59 foizi jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi ma'lum qilindi

2020 yilning yanvar–sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (uy xo‘jaliklari a'zolari) ulushi 59 foizni tashkil etdi.

Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlariga asoslanib, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

Jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanuvchilar 59 foizni tashkil etgan bo‘lsa, shundan:

— erkaklar – 65,4 %

— ayollar – 52,4 %

Jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning shahar va qishloq aholisi bo‘yicha ulushi:

— shaharda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchilar – 60,6 %

— qishloq joylarda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchilar – 57,2 %

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Top