12:01 / 18.11.2020
6703
Tabiiy gaz qazib olish hajmi deyarli 10 mlrd kub metrga kamaydi

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-oktyabr oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi.

Foto: Flickr

Qayd etilishicha, 2019 yilning shu davrida 839,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda – 849,4 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida pasayish kuzatildi. 2019 yilda 839,2 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda – 812,2 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2020 yil yanvar-oktyabr oylarida neft qazib olishni 2019 yilning shu davriga nisbatan (584,4 ming tonna) biroz oshirdi – 613,6 ming tonnagacha.

2020 yil yanvar-oktyabr oylarida tabiiy gaz qazib olish 40,4 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 9,6 milliard kub metrga kam (50,1 milliard kub metr).

2020 yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 1,1 mln tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan kam (1,7 mln tonna).

Top