14:15 / 19.11.2020
12296
Bu juda og‘ir kecha bo‘ldi – poytaxt xizmatlari ilk qorli tunni qanday o‘tkazdi?

18 noyabrda boshlangan qor Toshkent shahrini oppoq qiyofaga kiritdi. Bolajonlar uzoq kutilgan qordan bahra oldilar, zavqlanib o‘ynadilar. Ammo bunday ob-havoning o‘ziga xos muammolari ham bisyor. 

Kecha Toshkent ko‘chalarida avtomobilda harakatlanish haqiqiy sinovga aylandi. Ko‘chalar tirbandliklarga to‘ldi, yo‘l-transport hodisalari karrasiga oshdi, yo‘llar yaxmalakka aylandi. Bunday paytda hammaning o‘y-xayolidan bir fikr o‘tdi –qanday qilib vaziyatdan chiqib ketiladi?

Shunday paytda poytaxt kommunal xizmatlari ham o‘ziga xos imtihondan o‘tdi. Barcha kuchlar mavjud vaziyat oqibatlarini bartaraf etish safarbar qilindi. Yo‘llarga qum sepildi, eng katta tirbandliklar, avariyalar kuzatilgan hududlarga yordam kuchlari yetkazildi.

Hamma uxlaganda, aksariyat avtomobillar manziliga yetib borganda ham ish to‘xtamadi.

Poytaxtda faoliyat yurituvchi quyidagi tashkilotlar:

  • Obodonlashtirish bosh boshqarmasi;
  • “Maxsustrans” DUK;
  • “Toshissiqquvvati” DUK;
  • Toshkent shahar suv ta'minoti korxonasi;
  • Toshkent issiqlik markazi;
  • “Toshshaharnur” DUK;
  • “Poytaxtgaz”;
  • Elektr tarmoqlari korxonasi;
  • Tuman hokimliklari kommunal xizmat ko‘rsatish xodimlari;
  • Transport boshqarmasi;
  • Toshkent shahar kanal va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi;
  • Shahar sun'iy inshootlardan foydalanish boshqarmasi;
  • Markaziy maydonlarni obodonlashtirishga ixtisoslashgan boshqarma o‘zlarining eng yetakchi xodimlari bilan bu jarayonda ishtirok etdilar.

Sovuq ob-havo saqlanib turibdi va tashkilotlarning mazkur yo‘nalishdagi faoliyati davom etadi. Poytaxt ahli issiq uyda o‘tirgan paytida muzlagan qo‘llari bilan vaziyatni o‘nglashda, aholi harakatlanishidagi qiyinchiliklarning oldini olishda xizmat qilayotgan barcha xodimlarga rahmat aytishning ayni fursati.

Top