23:40 / 19.11.2020
17769
Fotogalereya: Toshkent markazidagi binolar ko‘k tusga kirdi

O‘zbekiston shaharlari ilk marta bolalar huquqlarini himoyalash bo‘yicha butunjahon aksiyasiga qo‘shildi.

20 noyabr – Jahon bolalar kuni munosabati bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi zamonaviy va tarixiy binolar ko‘k tusda yoritilmoqda.

«Dunyoni ko‘k rangga bo‘yash» nomli aksiyadan maqsad – jamoatchilik e'tiborini bolalar huquqlarini ta'minlashning dolzarb masalalariga qaratish, ularning farovon hayoti uchun kattalar mas'ul ekanini yodga solishdir.

Sana oldidan, 19 noyabr kuni Toshkentda BMT vakolatxonasi va «Zamin» fondi xalqaro veb-forum o‘tkazdi. Unda pandemiya davrida bolalar ta'limi muammolari muhokama qilindi.

Tadbirda so‘zga chiqqan «Zamin» fondi raisi Ziroat Mirziyoyeva davlat va jamoat faollarini nogironligi bo‘lgan bolalar ta'limiga e'tiborni oshirishga chaqirdi.

19 noyabr kuni soat 18:00dan Toshkent markazidagi 40ga yaqin bino ko‘k rangda yoritila boshladi. Kun.uz fotomuxbiri poytaxt uchun o‘ziga xos voqelikdan fotojamlanma tayyorladi.

 Muhammadjon G‘aniyev suratlari

Top