09:10 / 19.11.2020
3497
Suyakli mol go‘shti 63 000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti 75 000 so‘mgacha. Statqo‘m bozorlardagi narx-navoni ma'lum qildi

Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 17 noyabr kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Suyakli mol go‘shti 45 000 so‘mdan 63 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg suyakli mol go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»dagi go‘sht rastalarida qayd etilgan (45 000 so‘m). Suyakli mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (63 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 48 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (48 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da (75 000 so‘m) kuzatildi. 

Kartoshka 2 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori»da sotuvdagi kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2 500 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Oloy dehqon bozori»da sotuvdagi kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 000 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi Andijon shahar «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Samarqand shahar «Temiryo‘l dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori», Guliston shahar «Guliston dehqon bozori», Chirchiq shahar «Chirchiq dehqon bozori»da (1 000 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvda bo‘lgan piyozning narxi kuzatildi (4 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi Andijon shahar «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Buxoro shahar «Buxoro markaziy dehqon bozori», Termiz shahar «Termiz shahar dehqon oziq bozori» va «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston shahar «Guliston dehqon bozori», Chirchiq shahar «Chirchiq dehqon bozori», Farg‘ona shahar «Farg‘ona dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvdagi sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 so‘m) qayd etildi.

Tuxum 7 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Guliston shahar «Guliston dehqon bozori», Yangiyo‘l shahar «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Toshkent shahar «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da tuxum rastalaridagi tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (7 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (15 000 so‘m).

Guruch 5 000 so‘mdan 19 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da («Nukus-2» navli guruch) qayd etilgan. Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch).

O‘simlik yog‘i 11 000 so‘mdan 17 600 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining minimal narxi Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (import kungaboqar yog‘i) kuzatildi.

Shakar 5 800 so‘mdan 8 000 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (5 800 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (8 000 so‘m) kuzatildi.

Top