11:42 / 19.11.2020
19002
Toshkentdan shaharlararo yo‘nalishdagi barcha avtobus qatnovlari bekor qilindi

Toshkentdan shaharlararo yo‘nalishda qatnovchi barcha avtobus reyslari bekor qilindi. Bu haqda «Toshkent» avtovokzali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, noqulay ob-havo sharoiti sababli 19 noyabr sanasidagi barcha reyslar bekor qilingan.

Avtovokzal ma'lumotlariga ko‘ra, Toshkentdan avtobuslar 17 yo‘nalishda, jumladan Navoiy, Buxoro, Samarqand, Mang‘it, Qarshi, Nukus, Urganch va boshqa yo‘nalishlarda qatnaydi. Qo‘shimcha ma'lumot uchun telefon: (71) 207-87-00.

Top