20:12 / 20.11.2020
6590
Armanistonda uch vazir ishdan bo‘shatildi

Armanistonda mudofaa vaziri, favqulodda vaziyatlar vaziri va mehnat vaziri lavozimidan ozod etildi.

Foto: Reuters

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan imzolagan farmonga binoan, Armaniston mudofaa vaziri David Tonoyan ishdan bo‘shatilib, uning o‘rniga Vagarsak Arutyunyan tayinlangan. Armaniston favqulodda vaziyatlar vaziri Feliks Tsolakyan va mehnat vaziri Zaruyi Batoyan ham o‘z ishdan olingan.

Armanistonda bosh vazir Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi Ozarboyjonga qarshi jangda mag‘lubiyatni qabul qilgach, norozilik namoyishlari boshlangan va muxolif partiyalar Pashinyan iste'foga chiqishini talab qilmoqda.

Top