20:55 / 20.11.2020
1567
Britaniya milliy mudofaaga qo‘shimcha 16,5 milliard funt ajratmoqchi

Britaniya hukumati to‘rt yil davomida mudofaa xarajatlari uchun qo‘shimcha 16,5 milliard funt sterling sarflaydi. Bu haqda bosh vazir Boris Jonson ma'lum qilgan.

Foto: Getty Images

Ushbu mablag‘ sun'iy intellekt va kosmik mudofaa loyihalarini moliyalashtirishga sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Ayni damda Britaniya Mudofaa vazirligining yillik budjeti 40 milliard funt sterlingni tashkil etadi. To‘rt yil davomida 16,5 milliard funt sterling bo‘lib ajratilishi esa mudofaa budjeti xarajatlari 10 foizga oshadi degani.

«Bu sarmoya qurolli kuchlarimizni modernizatsiya qilish, global ta'sirimizni kuchaytirish, birlashish va mamlakatimiz saviyasini ko‘tarish, yangi texnologiyalarni joriy etish, o‘z xalqimiz va turmush tarzimizni himoya qilishga qaratilgan», degan Boris Jonson.

Bu so‘nggi 30 yil ichida Britaniya mudofaa sohasiga kiritilgan eng katta sarmoya hisoblanadi. Ushbu sarmoya Britaniya mudofaa sanoatida 40 mingta yangi ish o‘rni yaratishi kutilmoqda.

Boris Jonsonning fikricha, Buyuk Britaniyani bu loyihani amalga oshirish orqali Yevropa davlatlari orasida mudofaa xarajatlari bo‘yicha yetakchiga aylanishi, NATOda AQShdan keyin ikkinchi o‘ringa olib chiqishiga amin bo‘lmoqda.

Top