16:14 / 20.11.2020
4406

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markaziga direktor tayinlandi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi direktori tayinlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu lavozimni agentlikning Fan va ta'limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Aziz Do‘smatov egalladi.

Aziz Do‘smatov 1962 yil 3 sentyabrda Toshkentda tug‘ilgan.

U 1984 yilda Toshkent Farmatsevtika institutini tamomlagan. 1991 yilda kimyo fanlari nomzodi, 2008 yilda esa farmatsevtika fanlari doktori ilmiy darajasiga erishgan.

Top