13:53 / 20.11.2020
12276

Ekologik partiyaga yangi rais saylandi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi saylandi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar bermoqda.

Foto: KUN.UZ

Qayd etilishicha, Komiljon Tojiboyev Ekologik partiya markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi sifatida ish boshlagan.

Komiljon Tojiboyev bunga qadar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti direktori bo‘lib ishlagan.

Avvalroq, Ekologik partiya yetakchisi Boriy Alixonov Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasiga raislik qilishi xabar berilgandi.

Top