20:30 / 20.11.2020
3387
Pfizer koronavirusga qarshi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza bermoqda

 Qayd etilishicha, ariza ma'qullansa, vaksinadan dekabr oxirlarida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Foto: Dado Ruvic / Reuters

Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari hamkorlikda ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini nazorat qilish boshqarmasiga (FDA) ariza bermoqda. Bu haqda kompaniyalar saytlarida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, ariza ma'qullansa, vaksinadan dekabr oxirlarida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Pfizer kompaniyasining bildirishicha, kompaniyalar butun dunyodagi nazorat organlari, xususan, Yevropa dori vositalari agentligi va boshqa mamlakatlardagi agentliklarga ariza berish jarayonini boshlagan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, vaksina sinovining yakuniy bosqichi sinovlarida uning samaradorligi 95 foizni tashkil etgan. Vaksina yoshi va jinsidan qat'i nazar, barcha emlanganlarda yuqori samaradorlik ko‘rsatgan. 

 Pfizer va BioNTech yil oxirigacha 50 mln, 2021 yilda 1,3 mlrd doza vaksina yetkazib berishni mo‘ljallagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top