22:17 / 21.11.2020
5696

La Liga. «Real» «Vilyarreal» bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi

Ispaniya La Ligasi 10-turi doirasida «Real» safarda «Vilyarreal»ga qarshi maydonga tushib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Uchrashuvning 2-daqiqasida Mariano Dias hisobni ochgan bo‘lsa, 76-daqiqada Kurtuaning jarima maydoni ichidagi qo‘polligi tufayli madridliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima to‘piga yaqinlashgan Jyerar Moreno muvozanatni tikladi – 1:1.

Yakunda hisob o‘zgarmadi va «Real» ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ochko yo‘qotib, ochkolari sonini 17taga yetkazgan holda 4-o‘rinda qoldi. «Vilyarreal» esa 19 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. 

La Liga. 10-tur
Vilyarreal – Real Madrid 1:1
Gollar: 0:1 – 2 Mariano Dias, 1:1 – 76, penalti Jyerar Moreno.

Vilyarreal – Asenxo, Albiol, Pau Torres, Mario Gaspar (Penya, 89), Pedrasa (Pino, 61), Trigeros (Estupinyan, 61), Parexo, Iborra, Moyses Gomes (Kubo, 89), Bakka (Chukvueze, 61), Jyerar Moreno.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Karvaxal, Edegor (Isko, 65), Kroos, Vaskes, Modrich, Azar (Vinisius Junior, 65), Mariano Dias (Asensio, 85).

Top