08:29 / 21.11.2020
14745
Limonaria Village – kelajak uylari

Barchamiz o‘z xayollarimizda kelajakdagi ideal uyimizni tasavvur qilamiz. Orzu qilishdan to‘xtamaymiz. Faqat orzu aniq maqsadga erishishda kamlik qilishi hech kimga sir emas. Harakatni hozirdan boshlash kerak. Poytaxtga yaqin, bahavo maskanda Limonaria Village kottejlar majmuasi qurilmoqda. 52 ta kottejlardan biri sizniki bo‘lishi mumkin. Orzuga erishish uchun bir qadam tashlash vaqti keldi, nazarimizda.

Xo‘sh, nima uchun Limonaria Village`dan uy xarid qilishim kerak, degan savolni berishingiz tabiiy. Bu haqida ilgari ham batafsil axborot bergandik. 30 noyabrgacha bo‘lgan muddatda Limonaria Village kottejlari uchun chegirmali aksiya e'lon qilinayotgani haqida xabaringiz bor. Demak, bu haqida yana bir bor eslatib qo‘yish foydadan xoli bo‘lmaydi:

  • har bir kottejga alohida 2 konturli isitish qozonlari o‘rnatib beriladi. Qishda keng uyni qanday isitaman, deb o‘ylanishga hojat yo‘q. Bundan tashqari, oshxonaning ko‘rki va uy bekalarining orzularidan biri – idish yuvish mashinasi ham sovg‘a tariqasida taqdim etiladi.

  • hozirgi paytda shahar chetida yoki boshqa hududda uy qurmoqchi bo‘lsangiz, bu sizga ancha qimmatga tushadi. Buni ushbu jarayonni boshidan o‘tkazganlar juda yaxshi bilishadi. Ya'ni avval uy qurish uchun yer sotib olish kerak. Undan keyin esa imorat qurilishini boshlaysiz. So‘ng boshqa xarajatlar ham sizni kutib turgan bo‘ladi. Lekin Limonaria Village kottejlari bilan bunday hodisa sodir bo‘lmaydi. Kottejni sotib olayotganda yeri uchun ham qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi. Faqatgina kottejning o‘ziga xarajat qilasiz.

  • kottej sotib oldingiz, ammo uning ichki dizaynini qanday loyihalashtirish haqida ham o‘ylab qolishingiz mumkin. Bu masalani hal qilish uchun foydali yechim bor: Limonaria Village loyihasi asoschilari sizga 3 xil turdagi (Silver, Gold, Platinum) dizayn loyihalarini sovg‘a sifatida taqdim etishadi. Ma'lumki, interer dizaynini loyihalashtirish ozroq xarajatni talab qiladi. Limonaria Village esa har qanday nozik didli xaridorning ko‘ngliga yoqadigan dizaynerlik namunalarini bepul taklif qilmoqda. 

  • aksiya doirasida kottejlarning 1 kv.m maydoni 3,3 million so‘mga baholanmoqda. Ko‘p qavatli uylardagi narxlarga solishtiradigan bo‘lsangiz, bu siz, xaridorlarga, ancha arzonga tushadi. Kottejlar haqida yanada batafsil axborot olmoqchi bo‘lsangiz, to‘liq ma'lumot mavjud.

Ko‘p yillik orzungizni amalga oshirmoqchimisiz? Demak, hozirdan harakatni boshlang.

Murojaat uchun telefon: +998 55 500 88 22

Limonaria Village savdo ofisi: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bunëdkor kŭchasi.

Mo‘ljal: Lokomotiv istirohat bog‘i.

Veb-sayt: limonariavillage.uz

Instagram: @limonariavillage

Telegram: t.me/limonariavillage

Facebook: fb.com/limonariavillage

Reklama huquqi asosida

Top