19:32 / 21.11.2020
10327
Saudiya Arabistoni qiroli dunyo mamlakatlarini bo‘lajak pandemiyalarga tayyor turishga chaqirdi

Saudiya Arabistoni qirolining so‘zlariga ko‘ra, ta'lim, kadrlar tayyorlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va texnologiyalarni rivojlantirishga urg‘u berish darkor.

Foto: Bandar Algaloud / Courtesy of Saudi Royal Court / Reuters

Dunyo mamlakatlari o‘z iqtisodiyotlarini kelajakdagi ehtimoliy pandemiyalarga tayyorlashlari lozim. Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud G20 sammiti ochilishida so‘zlagan nutqida ana shunday fikr bildirdi.

 "Kelajakdagi ehtimoliy pandemiyalarga tayyor turish va mamlakatlarimiz iqtisodiyotini tayyorlashimiz lozim, savdo va odamlarga yordam berish uchun chegaralarimiz va iqtisodiyotlarimizni ochishimiz kerak", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda ta'lim, kadrlar tayyorlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va texnologiyalarni rivojlantirishga urg‘u berish darkor.

"Bularning bari kelgusidagi strategiyamizning bir qismi hisoblanadi", - dedi Saudiya Arabistoni qiroli.

 Shu bilan birga, qirol Salmon "G20 sammiti dunyo xalqlariga ishonch va umid beruvchi siyosatni ishlab chiqayotganligi"ni qayd etdi.

 Pandemiyaga qarshi kurash hamda jahon iqtisodiyotining tiklanish jarayoni 21-22 noyabr kunlari videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitining asosiy mavzulari bo‘ladi.

Top