10:59 / 21.11.2020
6351

Toshkentda magistral issiqlik tarmog‘ida yana bir nosozlik yuz berdi

Toshkent shahar Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda poytaxt hokimligi “Toshissiqquvvati”ga tayangan holda xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu sababli qator manzillarda issiqlik ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ular

  • Qizil Sharq mavzesi; 
  • Al-Xorazmiy mavzesi; 
  • Chilonzor-18, 19, 20 mavzelari. 

Bunda barcha xonadonlarda issiq suv ta'minoti saqlanib qoladi. 

Ayni vaqtda issiqlik ta'minotini tezkorlik bilan tiklash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda, deyiladi ma'lumotda. 

Avvalroq, Toshkentning katta qismi sovuq kunlarda vaqtincha issiqlik ta'minotisiz qolgani xabar berilgandi

Mavzuga oid
Top