14:34 / 21.11.2020
9487
Turkiya harbiylari Ozarboyjonga jo‘nashga tayyor holga keltirildi

Avvalroq Turkiya parlamenti deputatlari turk harbiylarini Ozarboyjonga jo‘natishni ko‘zda tutuvchi qonunni ma'qullagandi.

Foto: AFP 2020, Aref TAMMAWI

Turkiya tez kunlarda Ozarboyjonga qo‘shinlarini jo‘natishni boshlaydi. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar ma'lum qildi.

 "Yaqin vaqt ichida turkiyalik harbiylar Ozarboyjonga jo‘nab ketadi. Turkiya qurolli kuchlari piyoda qo‘shinlari tayyorgarlikni yakunladi", - dedi u.

Avvalroq Turkiya parlamenti deputatlari turk harbiylarini Ozarboyjonga jo‘natishni ko‘zda tutuvchi qonunni ma'qullagandi.

Turkiya harbiylari Rossiya bilan birgalikda Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochish rejimini to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga amal qilinishini nazorat qiladi.

Mavzu
Ozarboyjon-Armaniston mojarosi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Top