13:24 / 21.11.2020
26597

Urgut tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Urgut tuman hokimligida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.

Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rildi. Mamatjon Turdiyev tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Urgut tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan Botir Jabborovning nomzodi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Mamatjon Turdiyev 2016 yildan buyon Samarqand viloyati Urgut tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi. 

Avvalroq, Narpay tumani hokimi o‘zgargani xabar qilingandi

Mavzuga oid
Top