14:54 / 23.11.2020
3957
Bayden shtabi bo‘lajak inauguratsiya qanday tarzda o‘tkazilishi haqida ma'lumot berdi

Ushbu marosimga guvoh bo‘lish uchun ko‘plab tomoshabinlar keladi, ammo Jo Baydenning yordamchisi Ron Kleynning qayd etishicha, koronavirus pandemiyasi davrida bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozongan Jo Bayden inauguratsiya marosimini qisqartirilgan shaklda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda uning yordamchisi Ron Kleyn ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Kleynning so‘zlariga ko‘ra, 20 yanvarda bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimi «mavjud an'analarning qisqartirilgan ko‘rinishida» bo‘ladi.

«Odamlar bayram qilishni xohlashayotganini bilamiz. Bayram qilishga arziydi. Biz shunchaki buni imkoni boricha xavfsizroq o‘tkazish yo‘lini topmoqchimiz», — dedi u.

 An'ana bo‘yicha AQSh prezidenti inauguratsiyasi Vashingtondagi Kapitoliy oldida o‘tkaziladi. Marosim vaqtida saylangan prezident qasamyod qiladi va nutq so‘zlaydi. Ushbu marosimga guvoh bo‘lish uchun ko‘plab tomoshabinlar keladi, ammo Kleynning qayd etishicha, koronavirus pandemiyasi davrida bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

 AQSh prezidenti saylovi 3 noyabrda bo‘lib o‘tdi. G‘olib hozircha rasman e'lon qilinmadi. AQShning yetakchi ommaviy axborot vositalari Bayden g‘alaba qozongani haqida yozdi.

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Top