00:28 / 23.11.2020
2999
BMT bosh kotibi kelgusi avlodlarga vayron bo‘lgan sayyorani qoldirmaslikka chaqirdi
Foto: BMT

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish G20 sammiti doirasidagi nutqida kelgusi avlodlarga vayron bo‘lgan sayyorani qoldirmaslik uchun issiqxona gazlarini atrof-muhitga chiqarishni kamaytirishga chaqirdi.

Uning ta'kidlashicha, koronavirus pandemiyasidan keyingi tiklanish “insoniyat va tabiat yarashuvi”ni aks ettirishi lozim. Guterrish “Katta yigirmatalik” ishtirokchilarini “hoziroq harakatni boshlashga” va issiqxona gazlarining atmosferaga chiqarilishini nol qiymatga keltirish uchun global koalitsiya a'zolari bo‘lishga chaqirgan. 

“Biz koronavirus pandemiyasidan keyingi tiklanish uchun kelgusi avlodlardan oladigan trillionlab dollarlar vayron bo‘lgan sayyorada qarz tog‘lariga aylanmasligini kafolatlashimiz lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan BMT bosh kotibi.   

“Uglerod chiqindilari uchun narx belgilash, energiyaning qazilma manbalarini subsidiyalashni hamda yangi ko‘mir elektr stansiyalari qurilishini to‘xtatish zarur”, deb aytgan Guterrish.

Top