20:53 / 23.11.2020
14622
Dollar kursi 2018 yildan buyon minimum darajaga tushib ketdi

Qayd etilishicha, AQShda koronavirusga qarshi vaksinatsiya dekabrning birinchi yarmida boshlanishi haqidagi xabardan so‘ng ko‘rsatkich 0,2 foizga, 2018 yil apreldagi darajaga tushib ketgan. 

Foto: Patrick T. Fallon / Bloomberg

Dollar kursi jahonning o‘nta valutasiga nisbatan 2018 yildan buyon minimum darajaga tushib ketdi. Bunga koronavirusga qarshi samarali vaksina paydo bo‘lganligi sabab bo‘ldi, deb yozadi Bloomberg.

 Dollar Spot Index dollarning jahondagi o‘nta valuta, jumladan, yevro, iyena va yuanga nisbatan harakatini kuzatib boradi. Qayd etilishicha, AQShda koronavirusga qarshi vaksinatsiya dekabrning birinchi yarmida boshlanishi haqidagi xabardan so‘ng ko‘rsatkich 0,2 foizga, 2018 yil apreldagi darajaga tushib ketgan. 

 Koronavirusga qarshi vaksina to‘g‘risidagi yangilik jahon iqtisodiyoti ertaroq tiklana boshlanishini anglatadi. Natijada investorlar uchun inqiroz davrida xotirjamlik manbai bo‘lgan dollar o‘z jozibadorligini yo‘qota boshladi, deya izoh berdi National Australia Bank valuta strategi Rodrigo Katril.

Avvalroq Citigroup tahlilchilari 2021 yilda dollar kursi 20 foizga tushib ketishini bildirishgandi. Qayd etilishicha, agarda butun dunyo bo‘ylab vaksinatsiya keng boshlansa hamda jahon iqtisodiyotidagi vaziyat yaxshilanib borsa, AQSh valutasi zaiflashadi.

Top