12:27 / 23.11.2020
8902

Jizzax viloyatida qorda qolib ketgan 14 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi

Jizzax viloyatida qorda qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

FVV Jizzax viloyati boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan Do‘stlik, Baxmal tumanlari va Jizzax shahrida qorga tiqilib qolgan avtomobillar chiqarib olindi.

«14 nafardan ziyod haydovchi va yo‘lovchilarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatildi», - deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda kuzatilayotgan noqulay ob-havo, qor, yo‘llardagi muzlama haydovchilarga noqulaylik tug‘dirmoqda. 

Yo‘llar muzlash oqibatida sirpanchiqlar yuzaga kelishi, tuman tushishi va ko‘rinish darajasining yomonlashuvi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan haydovchi va yo‘lovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Mavzuga oid
Top