10:13 / 23.11.2020
8530
O‘zbekiston bozorlaridagi narxlar: kartoshka qimmatlagan

Kun.uz’ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi muxbirlari o‘z hududlaridagi markaziy dehqon bozorlaridagi 22 noyabr kunidagi narx-navolar haqida ma'lumot to‘plashdi. Jami 18 turdagi oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha narxlari to‘plab, tartiblandi.

O‘tgan haftadagi narxlarni solishtirish asnosida bozorlardagi narxlarda keskin o‘zgarish ko‘zga tashlanmayapti. Tuxum narxida biroz oshish kuzatilgan. Shuningdek, kartoshka narxi joylarda 500-1500 so‘m oralig‘ida ko‘tarilgani ma'lum bo‘lmoqda. Shakar narxi hamon barqaror, 7000–8500 so‘m oralig‘ida sotilmoqda.

Pomidor va ayniqsa bodring narxi hamon yuqoriligicha qolmoqda. Bodring narxida biroz o‘sish ham kuzatilgan. Bunga mahsulotlarni yetishtirayotgan parnik xo‘jaliklarining tabiiy gazdan uzilayotgani sabab bo‘lishi mumkin.

Bozorlarda go‘sht narzi biroz barqarorlashgan: joylarda mol go‘shti 55-60 ming so‘m oralig‘ida sotilayotgani, qo‘y go‘shti o‘rtacha 65-70 ming so‘m ekanligi qayd etildi. Tovuq go‘shtining 1 kilosi eng arzon joy Xorazm va Toshkent viloyati markazlarida —15 ming so‘m.

Top