14:34 / 23.11.2020
6800
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10400 so‘mdan oshdi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 24 noyabr kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 23,93 so‘mga oshgan va bir dollar 10414,86 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 50,18 so‘mga ko‘tarilib, 12344,73 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 2,35 so‘mga qimmatlagan va 1 rubl 136,69 so‘mni tashkil etgan.

Top