22:31 / 23.11.2020
3116
Shanhay aeroportida yuk tashuvchilarda koronavirus aniqlangandan keyin barcha reyslar bekor qilindi

Shanhayning Pudun aeroportida himoya niqobisiz ishlagan ikki yuk tashuvchida koronavirus aniqlangandan keyin 280ga yaqin reys bekor qilindi. Aeroport u yerdagi barcha odamlarni koronavirusga tekshirish uchun yopib qo‘yilgani sababli sarosima boshlangan. 

Foto: AP

Aeroportda 23 noyabrga o‘tar kechasi 277ta reys bekor qilingan, deb xabar qilmoqda “Interfaks” axborot agentligi Global Times nashriga tayanib. Koronavirus aniqlangan yuk tashuvchilar Shimoliy Amerikadan kelgan yuk bilan himoya niqobisiz ishlagan.  

Ularning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqandan keyin aeroport rahbariyati uni yopishga va u yerdagi barcha odamlarni tashqariga chiqarmay, koronavirusga tekshirishga qaror qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda shundan keyin odamlar orasida boshlangan sarosima, tiqilinch suratlari va videolari tarqalgan.

Aeroportda koronavirusga tekshirish tuni bilan olib borilgan. Natijada 17,7 ming kishi tekshirilgan. 

Aeroport rahbariyatida ta'kidlanishicha, faoliyati yuqori xavf bilan bog‘langan barcha xodimlar koronavirusga qarshi emlanadi.

“Emlash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi”, deb ma'lum qilgan Shanhay aeroportlari korporatsiyasi boshqaruvchisi o‘rinbosari Chjou Tszyunlun.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top