08:00 / 23.11.2020
2483
Shanhay aeroportidagi odamlar koronavirusga tekshirilmaguncha tashqariga chiqarilmayapti

Shanhaydagi “Pudun” aeroportining barcha xodimlari va tashrifchilardan koronavirusga tahlil olinadi. Natijalar chiqmaguncha hech kim aeroport binosini tark eta olmaydi.

“Yerosti avtoturargohida tahlil olish punkti tashkil etildi. Bu yerda aeroportdagi barcha odamlar PsR-testlar topshirmoqda. Namunalar olinishi tun bo‘yi davom etdi”, deb ma'lum qilingan xabarda.

20 noyabrda aeroportning yuk terminali xodimlaridan birida koronavirus aniqlangandan keyin ommaviy tekshiruv o‘tkazishga qaror qilingan. 2 kundan keyin uning rafiqasi va u bilan aloqada bo‘lgan hamkasbi betob bo‘lib qolgan. Erkak oxirgi 14 kun ichida bir nechta jamoat joylariga tashrif buyurgan va u bo‘lgan barcha joylarda dezinfeksiya o‘tkazilgan. U bilan aloqada bo‘lgan 52 kishi karantinga jo‘natilgan.

Aeroportning boshqa xodimlarida koronavirus aniqlangani haqida ma'lumot berilmagan.

Top