12:07 / 23.11.2020
6831
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi rahbariga o‘rinbosar tayinlandi

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari va markaz klinikasi bosh vrachi tayinlandi.

Shuhrat Abdullayevich Xudoybergenov Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — markaz ko‘p tarmoqli klinikasi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi. 23 noyabr kuni Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i imzolangan.

Tibbiyot fanlari nomzodi Shuhrat Xudoybergenov turli yillarda Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida xirurg-shifokor, katta ilmiy xodim, bo‘lim mudiri, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori lavozimlarida mehnat qilgan.

U so‘nggi vaqtlarda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Top