18:33 / 23.11.2020
4134

Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari gaz bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari G‘ofir Jamolov poytaxtda tabiiy gaz ta'minotidagi muammolar bilan bog‘liq masalani o‘rgandi.

«Toshkent shahrini tabiiy gaz bilan belgilangan me'yorda ta'minlash masalasida aholidan ko‘plab murojaatlar tushganligi sababli, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari G‘ofir Jamolov 23 noyabr kuni tungi soat 1:20da Toshkent shahrini gaz bilan ta'minlovchi Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasining «Janubiy G‘arbiy» stansiyasi ish faoliyati bilan tanishdi», deyiladi Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabarida.

O‘rganish jarayonida gaz bosimini me'yorida ushlab turish, aholiga tabiiy gazni yetkazib berish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda Toshkent shahri aholisi gaz bosimi pastligidan shikoyat qilmoqda. Ayrim joylarda esa gaz umuman yo‘q.

Top