01:22 / 24.11.2020
10369

Bayden o‘z ma'muriyatidagi asosiy lavozimlarga nomzodlarni ma'lum qildi

Jo Bayden Entoni Blinkenni davlat departamenti rahbarligiga ko‘rsatdi.

Foto: Reuters

AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden o‘z ma'muriyatidagi asosiy tayinlovlar to‘g‘risida ma'lum qildi.

"Bugun saylangan prezident Jo Bayden tashqi siyosat va milliy xavfsizlik bo‘yicha jamoa a'zolarini, xususan, Entoni Blinkenni davlat departamenti rahbarligiga ko‘rsatdi", - deyiladi Bayden jamoasi bayonotida.

Bayonotga ko‘ra, Bayden Jyeyk Sallivanni prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Evril Haynsni milliy razvedka direktori etib tayinlamoqchi.

AQSh davlat kotibining ichki xavfsizlik bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Alexandro Mayorkas ichki xavfsizlik vaziri, davlat kotibining Afrika bo‘yicha sobiq yordamchisi Linda Tomas-Grinfild AQShning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, sobiq davlat kotibi Jon Kerri prezidentning iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakili bo‘ladi.

Bayden ushbu tayinlovlar haqida seshanba kuni rasman e'lon qilishi kutilmoqda.

Avvalroq The Hill nashri Bayden Blinkenni davlat kotibi lavozimiga tayinlamoqchi ekanligi to‘g‘risida yozgandi.

Top