13:06 / 24.11.2020
6416

O‘zbekiston qiymati 35 mln dollarga teng choy import qildi 

Joriy yilning 1 noyabr holatiga O‘zbekiston 24ta xorijiy davlatdan qiymati 35 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 26,1 ming tonna choy import qilgan. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda import ulushi qariyb 3 mln. AQSh dollariga kamaygan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan o‘n oy mobaynida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 20,2 ming tonna;
  • Keniya – 2,4 ming tonna;
  • Vetnam – 1,2 ming tonna;
  • Eron – 697,8 tonna;
  • Hindiston – 379,6 tonna;
  • Indoneziya – 356,0 tonna;
  • Shri-Lanka – 324,5 tonna.

Ma'lumot o‘rnida, 2019 yilda O‘zbekistonda 23,5 ming tonna choy ishlab chiqarilgan.

Mavzuga oid
Top