10:57 / 24.11.2020
7921
O‘zbekistondagi eng katta qishloqda barpo etilayotgan jome masjidi qurilishiga hissa qo‘shing

Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi Jom qishlog‘i respublikamizning eng katta qishlog‘i hisoblanadi. 2018 yilda bu qishloq «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha obodonlashtirilgan.

O‘shanda yangi jome masjidi tamal toshi ham qo‘yilgan edi. Xayriya va hashar yo‘li bilan barpo etilayotgan «Jom ota» masjidi A-378 — Samarqand – Qarshi yo‘lining shundoq yonginasida qurilmoqda.

Albatta, ushbu masjid nafaqat jomliklar, respublikamiz bo‘ylab sayohat qilayotganlarning ibodat qilishlari, ziyorat turizmida ham o‘rni beqiyos.

1000 kishini bag‘riga olishi mumkin bo‘lgan «Jom ota» masjidida ayni kunda obodonlashtirish va pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Respublikamizning turli go‘shalaridan kelgan 25 dan ortiq qo‘li gul ustalar baholi qudrat masjid uchun mehnat qilishmoqda.

Bu sa'y-harakatlar natijasida ayni kunlarda erkaklar va ayollar tahoratxonasi to‘liq bitkazilgan. Xonaqohni bezash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, masjid hovlisiga plitkalar yotqizilmoqda.

Masjidga qo‘yilgan bir dona g‘ishtning savobi qanchalik ekanligini biladigan hamyurtlarimizdan ushbu masjidning to‘liq bitkazilib, tez kunlarda ishga tushishida hissa qo‘shishlarini so‘rab qolamiz.

Jom qishlog‘idagi «Jom ota» jome masjidi qurilishi uchun xayriyaga qo‘shiling va savobga sherik bo‘ling!

Xayriyalaringizni ushbu plastik kartochkalar hamda hisobraqamga ko‘chirib berishingiz mumkin:

HUMO: 9860 1601 4198 8628 (Ravshanov Abbos)

UZCARD: 8600 0604 9920 2894 (Ulug‘ov Abdumurod)

SBeRBANK: 4276 6707 4979 7246 (Obidjon Saparov)

Masjid hisob raqami: 2021 2000 9048 2850 9001

MFO: 00939. STIR: 207061089.

Bog‘lanish uchun telefonlar:

Ravshanov Abbos (Imom-xatib)

Tel: +99897 912 16 36

Tursunov Burhon (Imom yordamchisi)

Tel: +99891 527 85 55

Top