22:22 / 24.11.2020
2843
«PSJ» – «Leypsig», «Zenit» uchun so‘nggi imkoniyat, «Barsa» Messisiz guruhdan chiqish vazifasini uddalaydimi? YeChL 4-tur anonsi

Bugun, seshanba oqshomida futbol ixlosmandlari e'tibori ko‘hna qit'aning 8ta stadioniga qaratiladi. Yevropada Chempionlar ligasi 4-tur uchrashuvlariga start beriladi. To‘rtta guruhda bir qator qiziqarli uchrashuvlar o‘tkaziladi.

«Ye» guruhida Rossiyaning «Krasnodar» klubi Ispaniyaning «Sevilya» jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahs mezbonlar uchun juda muhim. Murod Musayev shogirdlari o‘tgan 3 tur davomida bor yo‘g‘i bir ochkoni qo‘lga kiritishdi. Bu safargi o‘yinda esa ularni g‘alabadan boshqa natija qanoatlantirmaydi. Mehmonlarning g‘alabasi «Krasnodar»ni keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda «Chelsi» ham Fransiyadagi g‘alaba evaziga guruhdan chiqish masalasini amalda hal etishi mumkin.

Turning markaziy o‘yinlaridan biri «F» guruhida «Latsio» va «Zenit» o‘rtasida kechadi. Rimdagi o‘yin Rossiya chempioni uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sergey Semak jamoasi Italiyada g‘alaba qozona olmasa, amalda guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotishi mumkin. Ikkinchi uchrashuvda esa «Borussiya» - «Bryugge»ga qarshi saf tortadi.

 «G» guruhida esa «Dinamo» Kiyev o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qiladi. Kuman jamoasi YeChLda hozircha ochko yo‘qotishlarsiz kelmoqda. Shu bois kataloniyaliklar Ukrainadagi safar bahsiga Lionel Messi va De Yongsiz kelishdi. Bu to‘qnashuvdagi g‘alaba «Barselona»ni muddatdan avval keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin. Ko‘ramiz, «Barsa» Messisiz ham bu vazifani Kiyevda uddalay olarmikan?

 Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda «Yuventus» Turinda «Ferensvarosh»ni qabul qiladi. Bahsda kim favorit ekanligi ma'lum. Bu oqshom ham mezbonlarning portugaliyalik goleadori Krishtianu Ronalduga bag‘ishlansa ajab emas.

 «H» guruhida «MYu» «Old Trafford»da «Istanbul Bashakshexir»dan revansh olishga intilishi aniq. Turk klubi 3-turda o‘z uyida sensatsion ravishda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etishga erishgandi. Sulsher jamoasi g‘alaba evaziga peshqadamlikni saqlab qolishi mumkin.

 Guruhdagi ikkinchi uchrashuv «PSJ» va «Leypsig» o‘rtasida kechadi. Nemislar Germaniyadagi o‘zaro bahsda irodali g‘alabaga erishishgandi. Parijda «PSJ»ni g‘alabadan boshqa natija qanoatlantirmaydi. Tuxel jamoasining ochko yo‘qotishi YeChL amaldagi finalchisining guruhdan chiqish masalasini so‘roq ostida qoldiradi. Shunday ekan, Fransiyada bizni shiddatli to‘qnashuv kutib turgani aniq.

 Chempionlar ligasi. 4-tur. 24 noyabr (seshanba)

 «Ye» guruhi

«Krasnodar» - «Sevilya»
O‘yin boshlanish vaqti: 22:55

«Krasnodar»: Gorodov; Smolnikov, Martinovich, Sorokin, Chernov; Vilena, Gazinskiy, Suleymanov, Klasson, Kabella; Berg
O‘ynamaydi: Safonov (betob)
So‘roq ostida: Vanderson (jarohat)

«Sevilya»: Vatslik; Kunde, Gudel, Diyego Karlos, Eskudero; Fernando, Rakitich, Xordan; Munir, de Yong, Okampos
O‘ynamaydi: Akunya (jarohat), Suso (jarohat), Bunu (betob), Karlos Fernandes (betob), Navas (diskvalifikatsiya)

 «Renn» - «Chelsi»
O‘yin boshlanish vaqti:
22:55

«Renn»: Gomis; Traore, da Silva, Agerd, Mauassa; Kamavinga, N'Zonzi, Burijo; Dokyu, Girassi, Terre
O‘ynamaydi: Rugani (jarohat), Dalbert (diskvalifikatsiya)

«Chelsi»: Mendi; Jyeyms, Tiagu Silva, Zuma, Chiluell; Maunt, Jorjino, Kante; Ziyosh, Abraham, Verner
O‘ynamaydi: Pulishich (jarohat)
So‘roq ostida: Xavers (jismoniy holat), Gilmor (jarohat)

Guruhdagi vaziyat:

«F» guruhi

«Latsio» - «Zenit»
O‘yin boshlanish vaqti:
01:00

«Latsio»: Reyna; Patrik, Acherbi, Radu; Latssari, Parolo, Lukas Leyva, Luis Alberto, Marushich; Korrea, Immobile
O‘ynamaydi: Milinkovich-Savich (betob), Eskalante (jarohat)
So‘roq ostida: Strakosha (betob)

«Zenit»: Kerjakov; Duglas Santos, Lovren, Rakitskiy, Jirkov; Malkom, Yeroxin, Kuzyayev, Barrios, Mostovoy; Dzyuba
O‘ynamaydi: Karavayev (jarohat), Vendel (noma'lum), Ozdoyev (noma'lum), Krugovoy (betob)
So‘roq ostida: Azmun (jismoniy holat), Driussi (jismoniy holat), Malkom (jismoniy holat)

 «Borussiya» Dortmund - «Bryugge»
O‘yin boshlanish vaqti:
01:00

«Borussiya»: Byurki; Jan, Hummels, Akandji; Mene, Daud, Vitsel, Gerreyru; Sancho, Reyna, Holand
O‘ynamaydi: Shmelser (jarohat), Zagadu (jarohat)

«Bryugge»: Minole; Deli, Kossunu, Mata; Vanaken, Vormer, Rits, de Ketelare, Dyatta; Lang, Krmenchik
O‘ynamaydi: Sobol (betob), Mitrovich (jarohat), Rikka (noma'lum), Dennis (noma'lum)

 Guruhdagi vaziyat:

 «G» guruhi

«Dinamo» Kiyev - «Barselona»
O‘yin boshlanish vaqti:
01:00

«Dinamo»: Bushan; Kendzera, Zabarniy, Mikolenko, Karavayev; Shaparenko, Shepelev, Garmash, Buyalskiy, de Pena; Supryaga
O‘ynamaydi: Tsigankov (betob), Rodriges (betob), Sirota (betob), Duelunn (betob), Shabanov (betob), Timchik (jarohat), Kostevich (jarohat), Rusin (jarohat)
So‘roq ostida: Sidorchuk (jismoniy holat)

«Barselona»: ter Stegen; Dest, Langle, Mingesa, Alba; Pyanich, Alenya, Dembele, Koutino, Trinkan; Grizmann
O‘ynamaydi: Pike (jarohat), Roberto (jarohat), Arauxo (jarohat), Buskets (jarohat), Fati (jarohat), Yumtiti (jismoniy holat), Messi (dam berildi), de Yong (dam berildi)

 «Yuventus» - «Ferensvarosh»
O‘yin boshlanish vaqti:
01:00

«Yuventus»: Shensni; Kuadrado, Danilo, de Lixt, Aleks Sandro; Bernardeski, Makkenni, Artur, Kulusevski; Dibala, Ronaldu
O‘ynamaydi: Bonuchchi (jarohat), Kellini (jarohat), Demiral (jarohat)
So‘roq ostida: Remzi (jarohat)

«Ferensvarosh»: Dibus; Lovrenchich, Blajich, Kovachevich, Xayster; Shiger, Xaratin, Somalia; Uzuni, Boli, Nguen
So‘roq ostida: Botko (koronavirus), Chivich (noma'lum)

Guruhdagi vaziyat:

«H» guruhi

«MYu» - «Istanbul Bashakshexir»
O‘yin boshlanish vaqti:
01:00

«MYu»: de Xea; Uan-Bissaka, Tuanzebe, Maguayr, Telles; Maktominey, Fred; Mata, Brunu Fernandesh, Reshford; Marsyal
O‘ynamaydi: Shou (jarohat), Lingard (yakkalash tartibida)
So‘roq ostida: Bayi (jarohat), Pogba (noma'lum)

«Istanbul»: Mert Gyunok; Rafael, Shkrtel, Yepuryanu, Bolingoli; Mexmet Topal, Irfan Qaxvechi, Maxmut Tekdemir; Deniz Tyuryuch, Vishcha, Ba
O‘ynamaydi: Kaysara (jarohat), Krivelli (jarohat), Aleksich (noma'lum)

 «PSJ» - «Leypsig»
O‘yin boshlanish vaqti:
01:00

«PSJ»: Navas; Florensi, Markinos, Diallo, Bakker; Di Mariya, Errera, Paredes, Neymar; Ken, Mbappe
O‘ynamaydi: Kimpembe (diskvalifikatsiya), Guey (diskvalifikatsiya), Bernat (jarohat), Draksler (jarohat), Kerer (jarohat), Ikardi (jarohat)
So‘roq ostida: Errera (jarohat), Verratti (jarohat)

«Leypsig»: Gulachi; Myukile, Upamekano, Konate, Anxelino; Kampl, Zabitser, Nkunku, Olmo, Forsberg; Poulsen
O‘ynamaydi: Xalstenberg (jarohat), Xvan (betob), Klostermann (jarohat), Laymer (jarohat)

So‘roq ostida: Henrixs (jarohat).

Guruhdagi vaziyat:

Top