19:54 / 25.11.2020
17198

BAA 13 mamlakat fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi

Qayd etilishicha, viza cheklovlari xavfsizlik maqsadida joriy etilgan.

Foto: Getty Images

Birlashgan Arab Amirliklari 18 noyabrdan 13 mamlakat fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi. Bu haqda BAA immigratsiya departamentiga tayanib Erem News portali xabar berdi.

E'lon qilingan ro‘yxatdan Jazoir, Afg‘oniston, Iroq, Eron, Yaman, Keniya, Livan, Liviya, Pokiston, Suriya, Somali, Tunis va Turkiya o‘rin olgan.

 Portalning yozishicha, bu boradagi farmon cheklangan vaqt davomida amal qiladi.

 Ushbu cheklov joriy etilishining sababi ma'lum qilinmagan, ammo Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, viza cheklovlari xavfsizlik maqsadida joriy etilgan.

Mavzuga oid
Top