09:32 / 25.11.2020
3832

Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari soni 60 milliondan oshdi

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 60 mlndan oshdi. So‘nggi sutkada kasallanish holatlari soni 542 mingdan ko‘proqni tashkil qilgan. 

Foto: AP

Worldometers portalining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘yicha kasallanganlar soni 60,1 mlndan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Ulardan 41,5 mln nafari sog‘ayib ketgan, 1,4 mln kishi esa infeksiya oqibatlarida vafot etgan.   

Kasallanishlar, o‘limlar va o‘tkazilgan testlar soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda deyarli 13 mlnta kasallanish holati qayd etilgan, 265,9 ming kishi kasallikdan vafot etgan. 

Kasallanishlar soni bo‘yicha 2-o‘rinni Hindiston (9,2 mln kasallanish holati), 3-o‘rinni Braziliya (6,1 mlnta) egallamoqda.

Shuningdek, eng ko‘p kasallanish holatlari Fransiyada (2,15 mlnta), Rossiyada (2,14 mlnta), Ispaniyada (1,61 mlnta), Britaniyada (1,53 mlnta), Italiyada (1,45 mlnta), Argentinada (1,38 mlnta) va Kolumbiyada (1,26 mlnta) qayd etilgan.   

Bundan tashqari, o‘tgan hafta ichida, ya'ni 16 noyabrdan 22 noyabrgacha dunyoda rekord darajada haftalik kasallanish holatlari qayd etildi va 4 mlndan ko‘proqni tashkil qildi. Shuningdek, 67 mingdan ko‘proq o‘lim holati qayd etilgan.

JSSTda ma'lum qilinishicha, oxirgi ma'lumotlar pandemiya sur'atlarining Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyoda pasayayotganini ko‘rsatmoqda.

Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Afrikada, aksincha, yangi kasallanish va o‘lim holatlari soni oshishi kuzatilmoqda. 

Top