11:00 / 25.11.2020
20943
Minerva City – Toshkent shahrining yangi markazi

Yosh avlodning ta'lim olishi davlatning ustuvor vazifasi sanalib, doimiy diqqat-eʼtiborda bo‘lgan bugungi kunda MJ Developers'ning Minerva City singari loyihasi zamonaviyligi, ko‘lami, istiqbollari va texnologik jihatidan har qachongidan ham dolzarb sanaladi.

Yirik loyihalar qurilish-kompaniya asoschisi – dunyoga mashhur metsenat va sarmoyador Murari Lal Jalan ta'lim, tibbiyot va xayriya fondlariga mablag‘ ajratadi. Avvalo, tadbirkor dunyo bo‘ylab turmush darajasini oshirish va uni butunlay yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasi bilan tanilgan. Ushbu missiyani hamma joyda uni qo‘llab-quvvatlaydigan va unga amal qiladigan uning “MJ Developers” kompaniyasi amalga oshiradi.

O‘z nomiga ko‘ra (Minevra – donolik namoyondasi, hunarmandlar, yozuvchilar, shoirlar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar rahnamosi) loyiha o‘zida yuksak qadriyatni saqlaydi, strategik maqsadlarni ko‘zlaydi va kelajakni quradi. Nega kelajak?

Minerva City – 100 gektarlik, shahar ichida shahar konsepti asosida qurilajak yangi yirik loyiha. Ushbu ulkan hududda IT-park, xalqaro universitet va maktab, talabalar uchun xostel, eng yaxshi ma'ruzachilar taklif qilingan jahon darajasidagi ta'lim joylashadi. Keng ko‘lamli loyihani ishlab chiqishda odamlarning uydan o‘qishgacha yoki ishgacha va aksincha bo‘lgan yo‘lga sarflaydigan vaqtlari hisobga olingan. Shuning uchun Minerva City hududi vaqtni maksimal samarali va oqilona sarflash uchun puxta o‘ylab loyihalashtirilgan. Yangi ta'lim muassasalari nafaqat mustahkam bilim olishga, balki Minerva City'ning har bir aholisi uchun turmush darajasini yaxshilashga imkoniyat beradi.

Kelajak avlod bilan aloqa asossiz emas. Janob Jalan har doim oldindan ko‘ra olish xususiyatiga ega bo‘lgan, ko‘p hollarda shu tufayli O‘zbekistonning rivojlanayotgan salohiyatini ko‘rgan holda Toshkent shahridagi yangi Yangihayot tumanida u talabalar uchun bilim va innovatsiya markazini barpo etmoqda va qachondir shu yerdan dunyoga ko‘plab unikal va foydali yechimlar beradigan bo‘lajak liderlar va o‘qimishli insonlar yetishib chiqishiga ishonadi.

Loyiha bilan yaqqol tanishar ekanmiz, bir necha yildan keyin jadal rivojlanayotgan tumanda Minerva City aholisi va talabalar hayotining qanday kechayotganini ko‘rishimiz mumkin. Ish, o‘qish, kutubxonalar va seminarlarga tashrif buyurish, golf o‘yini, shoping, bularning barchasi 100 gektarlik hududda ro‘y beradi. Shuningdek, bu yerda nafaqat loyihani bezaydigan va ko‘zni quvontiradigan, balki sifat va xavfsizlik namunasi bo‘ladigan zamonaviy binokorlikning unikal yechimlari namoyish etilgan.

MJ Developers'ning loyihasi ta'lim sohasida yangi bosqich va kashfiyot bo‘ladi deb dadil ayta olamiz. Bu yerdagi hayot va ta'lim keng ko‘lamda fikr yuritish, o‘ylash va orzu qilishga imkoniyat beradigan yangi hayot tarzidir. Dunyoning eng yaxshi o‘quv maskanlari an'anasiga ko‘ra bu yerda barcha narsa ilm-fan, bilim va mukammallikka intilish bilan to‘yingan bo‘ladi. Bugun xonadon xarid qilayotib, O‘zbekiston aholisi, shubhasiz, yangi, mutlaqo qiziqarli va porloq kelajakka chipta xarid qilgan bo‘lishadi.

Universitet 10 000 dan ortiq talabalarni qabul qila oladi va nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qiladi. Ta'lim muassasasining bosh binosi 2021 yilning sentyabrigacha quriladi. Keyingi besh yil davomida talabalar shaharchasining qolgan qismi, sport majmuasi, kutubxona va talabalar yotoqxonasi ham quriladi.

Yangi imkoniyatlar, sifatli ta'lim, yashashni, rivojlanishni va hayotni sevish istaladigan sevimli maskan, bularning barchasi Minerva City haqidadir. “Sevimli ishga yoki o‘qishga shahdam qadamlar bilan!” uyingiz bir qadamlik masofada hamda shunday ko‘rkam muhitda joylashgan bo‘lsa yana qanday ham bo‘lishi mumkin?

Jahongir Ortiqxo‘jayev va Murari Lal Jalan Minerva City’ga tamal toshi qo‘yish marosimida

Faqat ma'lumot uchun:

Nomer: 1145

Veb-sayt: minervacity.uz

Facebook: fb.com/minervacityuz

Instagram: @minervacityuz

Telegram: @themjdevelopers

Telegram-bot: @mjdevelopers_bot

Reklama huquqi asosida

Top