08:05 / 25.11.2020
2476
Moratoriy joriy etilganidan buyon tabiatga 9,7 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilgan

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan matbuot anjumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Narzulla Oblomurodov moratoriy davridagi ishlar haqida axborot berdi.

Qayd etilishicha, moratoriy davrida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4018ta (10 oylik holatiga) murojaat kelib tushgan, murojaatlarda 188 943 tup davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat so‘ralgan.

20 noyabr holatiga ko‘ra, jami qonunbuzarliklar soni 3 897ta, belgilangan jarima 4,3 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 2,7 mlrd so‘mi undirilgan.

Ma'lum qilinishicha, tabiatga yetkazilgan zarar 9,7 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 2,9 mlrd so‘mi undirilgan. Undirilmagan jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida 338ta holat bo‘yicha (6,9 mlrd so‘m) to‘plangan hujjatlar tegishli organlarga (sud, prokuratura, MIB, IIB) kiritilgan.

17ta holat bo‘yicha qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top