12:14 / 25.11.2020
4012

Namanganda yosh dasturchilar uchun xakaton bo‘lib o‘tdi

Namangan shahrida 20-21 noyabr kunlari UNODC ROCA, Yoshlar ishlari agentligi, Yosh tadbirkor hamda IT Park tomonidan, Kun.uz saytining axborot ko‘magi ostida #Hackathon4UnlimitedEducation xakatoni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hudud dasturchilari 24 soat ichida beto‘xtov ish olib borib, tundan tonggacha uchta asosiy yo‘nalish: zo‘ravonlik bilan kurash, ishsizlikni bartaraf etish va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha IT yechimlarni hay'at a'zolariga taqdim etdilar.

Musobaqa natijasida Fantastic4 o‘z dasturi bilan g‘olib deb topildi va HP Omen noutbuklari bilan taqdirlandi. 2 va 3-o‘rinlarni o‘z navbatida Lyukor hamda Programmer Girls jamoalari egallashdi.

Ularga tashkilotchilar tomonidan bepul biznes konsultantlar, akseleratsiya dasturlari va yillik ofis taqdim etildi.

Top