11:17 / 25.11.2020
26025
Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Sirdaryo viloyati prokurori tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, adliya katta maslahatchisi Shohrux Aminov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida ish boshlagan.

Shohrux Aminov 1981 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Sh.Aminov tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Avvalroq, Sirdaryo viloyatining sobiq prokurori Ravshan Masharipov Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi

Top