13:28 / 26.11.2020
29849
Chinozda 5 ming tonnalik yoqilg‘i sisternasida yong‘in chiqdi

26 noyabr kuni soat taxminan 12:00 lar atrofida Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi «Paxta Neftbazasi»da 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i sisternasi yonib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa joyiga zudlik bilan 14ta o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadasi yetib borgan. Vaziyat nazoratga olingan.

Qutqaruvchilar yong‘inni to‘liq bartaraf qilish uchun taxminan 1 soat vaqt ketishini bildirgan.

Ayni vaqtda qurbonlar to‘g‘risida ma'lumotlar kelib tushmagan.

Top